JSON Obyektlar
JSON bu string:
'{"name":"John", "age":30, "car":null}'
JSON stringida JSON obyektining literali mavjud:
{"name":"John", "age":30, "car":null}
JSON obyektining belgilari {} jingalak qavslar bilan o'ralgan.
JSON obyektining literallarida kalit/qiymat juftligi mavjud.
Kalitlar va qiymatlar ikki nuqta bilan ajratiladi.
Kalitlar string va qiymatlar JSONda qabul qilinadigan maʼlumot turi boʻlishi kerak:
string
raqam
obyekt
massiv
boolean
null
Har bir kalit/qiymat juftligi vergul bilan ajratiladi.
JSON obyektini "JSON obyekti" deb atash keng tarqalgan xato hisoblanadi.
JSON obekt bo'lishi mumkin emas. JSON bu string formati hisoblanadi.
Ma'lumotlar faqat JSON string formatida bo'ladi. U JavaScript o'zgaruvchisiga aylantirilsagina obyektga aylanadi.
JavaScript obyektlari
JSON obyektining literalidan JavaScript obyektini yaratishingiz mumkin:
myObj = {"name":"John", "age":30, "car":null};
Odatda JSON stringini parse qilish orqali JavaScript obyektini yarata olasiz:
myJSON = '{"name":"John", "age":30, "car":null}';
myObj = JSON.parse(myJSON);
Obyekt qiymatlariga murojaat qilish
Obyekt qiymatlariga nuqta (.) belgisi yordamida murojaat qilishingiz mumkin:
const myJSON = '{"name":"John", "age":30, "car":null}';
const myObj = JSON.parse(myJSON);
x = myObj.name;
Qavs ([]) belgisidan foydalanib, obyekt qiymatlariga ham murojaat qilishingiz mumkin:
const myJSON = '{"name":"John", "age":30, "car":null}';
const myObj = JSON.parse(myJSON);
x = myObj["name"];
Obyektni tskil qilish
For-in tsikli yordamida obyekt xususiyatlari bo'ylab harakatlanishingiz mumkin:
const myJSON = '{"name":"John", "age":30, "car":null}';
const myObj = JSON.parse(myJSON);
let text = "";
for (const x in myObj) {
text += x + ", ";
}
For-in tsiklida xususiyat qiymatlariga murojaat qilish uchun qavs belgisidan foydalaning:
const myJSON = '{"name":"John", "age":30, "car":null}';
const myObj = JSON.parse(myJSON);
let text = "";
for (const x in myObj) {
text += myObj[x] + ", ";
}
Last updated
Was this helpful?